Muhabbatga qo'yilgan yodgorliklar barcha davrlarda sadoqat, sevgi va ulug'vorlik ramzi bo'lganligi bilan insoniyatni hayratga solib keladi. Odamzod paydo bo'libdiki sevishga, sevilishga ishtiyoqi baland. Bundan ikki yarim ming yil ilgari yashagan Kariy satrapligi hokimi Mavsol ham shundaylardan edi.
U singil-xotini (ba'zan, tug'ishganlar o'rtasidagi nikoh qadimgi Misr va Yunonistonda ham kuzatilgan) Artemissiyaga bo'lgan ishqini ming yillar davomida go'zalligi bilan avlodlarni lol qoldiruvchi maqbara timsolida abadiylashtirmoqchi boaE~ladi. Tarix otasi Gerodot yozadi: aEtKariy poytaxti Galikarnasda shunday maqbara borki, uning goaE~zalligi va haybati qarshisida Ellada meaE?morlari tang qoladilaraEt.

Kariy mamlakati maaE?lum vaqt Fors imperiyasi tarkibidagi satrapliklardan biri boaE~lgan. Hozirgi Turkiyaning sayyohlarni oaE~ziga jalb qiladigan soaE~lim Bodrum shahri bu podsholikning Galikarnas nomli poytaxti edi. Miloddan avvalgi 377-yili shohlik tizgini Mavsolga otasidan meros qoldi. KoaE~pgina tarixchilarning guvohlik berishlaricha, shoh Mavsol oaE~ta qattiqqoaE~l va berahm hokim boaE~lgan. Uning davrida oddiy fuqaroga nisbatan shafqatsizlik avj olgan. Davlatni koaE~chmanchi bosqinchilardan mudofaa qilish maqsadida Mavsol Kariy tarixidagi eng kuchli armiyani tuzishga erishgan. Bu mamlakatning Fors imperiyasidan amalda mustaqil boaE~lishiga imkon berdi. Armiyani taaE?minlash uchun albatta davlat xazinasi doim toaE~la boaE~lishi lozim. Shuni nazarda tutib, hokim turli oaE~lponlar joriy qilib, Kariy xalqini ularni oyma-oy toaE~lab turishga majbur qilgan. Gerodotning yozishicha, Mavsol davrida xalq soch soligaE~igacha toaE~lagan ekan. Poytaxt Osiyo va Yevropani bogaE~lab turuvchi savdo yoaE~lida joylashgan edi. Bu esa galikarnasliklarni shohning turli soliqlari tufayli vujudga kelishi muqarrar boaE~lgan qashshoqlikdan saqlab qolgan. Qisqa vaqt ichida shahanshoh gaE~aznasi misli koaE~rilmagan darajadagi boylikka toaE~ldi. Shunda shoh oaE~zi va xotini Artemissiyaning muhabbatlarini ifoda etuvchi maqbara qurdirishga ahd qiladi.

Agar davr nuqtai nazaridan eaE?tibor beradigan boaE~lsak, Mavsol qurdirgan maqbaraning Gerodotning aEsTarixaEt kitobidagi yetti moaE~aE?jizalar orasidan joy olgan Artemida ibodatxonasidan keyin qurilganini koaE~rish mumkin. Ahamiyatlisi shundaki, har ikkala bino ham Kichik Osiyoda va ikkalovi ham sevgini ulugaE~lab bunyod etilgan.
GoaE~zallik va muhabbat maaE?budasi Artemidaga atab qurilgan ibodatxona meaE?morlari shoh Mavsol tomonidan yollanib, Galikarnas maqbarasi qurilishi va bezagida ham ishtirok etishadi. Elladalik tarixchi Gerodot oaE~z mamlakatining goaE~zal binolarini boshqa xalqlarnikidan ustun qoaE~yishi tabiiy. Biroq oaE~zida toaE~la sharqona meaE?morchilik uslublarini jamlagan Galikarnas maqbarasi goaE~zalligi oldida u ham tan beradi. Maqbara oaE~sha davrda urf boaE~lgan forsiy qurilish uslubidagi poydevor ustida qad koaE~targan. MaaE?lumotlarga qaraganda, maqbara qurilishi Mavsol tugaE~ilmasidan ancha oldin boshlangan. Biroq rimlik va yunon tarixchilari Galikarnas maqbarasini qurishda shaxsan shohning oaE~zi bosh-qosh boaE~lganligini taaE?kidlashadi. Qariyb oltmish metr balandlikdagi maqbara uch qavatdan iborat edi. Kvadrat shaklidagi binoning birinchi qavatida shaxsan Mavsol va Artemida uchun atalgan sagaE~ana joylashgan. SagaE~ana joylashgan maqbara qavatining umumiy maydoni esa 5000 kvadrat metrni balandligi esa 20 metrni tashkil qilgan. Maqbaraning bu qismi toaE~laligicha oq marmardan qadimgi forsiy uslubda bezaklangan boaE~lib, faqat shiftdagina yunonistonlik mashhur meaE?mor Skopasning ijod mahsuli aks etgan. Hozirgacha turli rivoyatlarga sabab boaE~lib kelayotgan qavat shiftidagi tasvirlarda ellinlarning jangchi ayol aE" amazonkalar bilan jangi haqidagi afsona aEsAmazonamaxiyaaEt oaE~yib tushirilgan. Rimlik tarixchi Pliniy bergan maaE?lumotlarga koaE~ra, maqbara qurilishida Skopasdan tashqari Leoxar, Briaksid va Timofey kabi Peloponnesning mashhur meaE?morlari ham ishtirok etishadi. Xuddi shu tarixiy shaxslar Aleksandr Makedonskiy davrida ham saltanatning bunyodkorlik ishlarida faol qatnashganlar.

Bahaybat ustunlar bilan oaE~ralgan ikkinchi qavatda esa, qurbonlik maydoni boaE~lgan. Bu yerda mahalliy aholi va aslzodalar maaE?bud va maaE?budalariga atab qurbonliklar qilishgan. Maqbaraning uchinchi qavatida marmar ehrom joylashgan boaE~lib, uning oftob nurida jilolanishi bir necha chaqirim naridan ham koaE~ringan. Aslida bu ehrom shoh Mavsol va xotini Artemissiyaning toaE~rt otli aravadagi haykallarini koaE~tarib turishga xizmat qilgan. Haykallarda gaE~alaba tantanasi aks ettirilgan boaE~lsa kerak, chunki koaE~pchilik tarixchilar arava suvoriylarining (shoh va xotini) jangdan qaytayotgandagi magaE~rur turganini tasvirlaganlar.

Maqbara haybatli sher haykallari bilan oaE~ralgan. Bino Galikarnasning eng soaE~lim joyida bogaE~-rogaE~lar orasida joylashgan. Hayratlanarlisi, Mavsol sagaE~anasi yoki Galikarnas maqbarasi oaE~n sakkiz asr mobaynida qad koaE~tarib turgan. OaE~n oltinchi asr boshlaridagi zilzila tufayli Bodrumdagi bu gaE~aroyib meaE?moriy obida ulkan talofat koaE~radi. Aslida oddiy zilzilalar shunday qudratli binoni avlodlar yodidan koaE~tarilish darajasida kunpayakun qilmaydi. MaaE?lumotlarga qaraganda, 1522 yilda usmonli sulton Sulaymon Rodosga yurish qilishga hozirlik koaE~radi. Xavfni sezgan orol magistri(hokimi) oaE~z ritsarlarini to Yevropadan yordam kelguncha, qitaE?aga aE" Mezina(Galikarnasning XVI asrdagi nomi)ga sulton qoaE~shinlarini oaE~tkazmay turish uchun yuboradi. Bu yerda jangchilar mudofaa istehkomi qurish uchun xarsang toshlar yigaE~adilar. OaE~sha paytdagi jangchilar qoaE~mondonining qaydlaridan harbiy istehkom uchun aynan Galikarnas maqbarasining zilziladan qolgan toshlaridan foydalanganliklarini koaE~rish mumkin. QoaE~mondon bu qoldiqlarning qanday binoga tegishli boaE~lganini tasavvur ham qila olmagan. Biroq u bu sirli joydagi goaE~zallikni bir olam zavq bilan hikoya qiladi.

Muhabbatga atab qurilgan maqbara qoldiqlari hozir mahalliy dehqonlarning uy devorlari boaE~lib xizmat qilmoqda. OaE~n sakkizinchi asrda baaE?zi ingliz tarixchi olimlari Mavsol sagaE~anasidan topilgan ayrim haykal boaE~laklarini Londonga Britaniya muzeyiga olib ketganlar. Topish imkoni boaE~lgan qolgan qoldiqlar esa Istambuldagi tarix muzeyida saqlanayotir...

Shoh Mavsol nega bu maqbarani aynan xotini uchun qurdirdi? Vaholanki, oaE~sha paytda sagaE~ana atalishi mumkin boaE~lgan xilqatlar koaE~p edi-ku (maaE?bud va maaE?budalar, xudolar, harbiy salohiyatini koaE~z-koaE~z qilish yoki oaE~zi uchun)?! Rimlik tarixchi Avl Gelliyning yozishicha, turli soliqlari va shafqatsizligi tufayli xalqining nafratiga duchor boaE~lgan shohni faqat xotini Artemissiyagina sadoqat bilan sevgan. Uning qayd qilishicha, 24 yillik hokimlikdan soaE~ng Mavsol boqiy dunyoga rixlat qilgach, Artemissiya Kariyni yana ikki yil muvaffaqiyat bilan boshqarib turgan. Zamondoshlari uni mohir sarkarda va siyosatchi sifatida eslashadi. Maqbaraning bitmay qolgan tepa qismi ham shoh Mavsol oaE~limidan soaE~ng xotini tomonidan bitkaziladi.

Xuddi shu sagaE~ana tufayli rimliklar va ulardan soaE~ng butun nasoro olami maqbarani aEsmavzoleyaEt deya atay boshlashdi.

Shahobiddin Musayev tayyorladi.








